logotip topilmadi logotip topilmadi logotip topilmadi
(0)
Uzbek Tillar

Tizimga kirish

Kibersport bo‘yicha talabalar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi
O'zDJTSU universitetining Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi hamda Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “Astrum IT” Akademiyasi hamkorligida yoshlar orasida kibersport turini ommalashtirish maqsadida kibersportning Dota-1 o'yini bo'yicha musobaqa tashkil qilindi. ✅Unda oliygohning bir qator kafedralaridan 20 nafarga yaqin talabalar jami 3 ta jamoaga bo‘lingan holda bahs olib borishdi. Shuningdek, universitet talabalari akademiyaning “Astrum” jamoasiga qarshi kechgan o‘yinlarda 2:0 hisobi bilan g‘alaba qozonishdi. Umumiy hisobda esa 1-o'rinni universitetimizning Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi jamoasi qo'lga kiritdi.
🎁 Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg'alari topshirildi.