O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi
"O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda chap tomonida bug'doy boshoqlari, o'ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.