logotip topilmadi logotip topilmadi logotip topilmadi
(0)
Uzbek Tillar

Tizimga kirish

rasm topilmadi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 noyabr PQ-423-son “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasi 26-bandida nazarda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida faoliyat olib borayotgan sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda milliy kibersport o‘yinlarini yaratish va targ‘ib qilish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutiga 2023 yilda grant ajratilishi belgilab o’tilgan.



"SULTON JALOLIDDIN MANGUBERDI" VIDEO O'YININING ASOSIY VAZIFALARI QUYIDAGILARDAN IBORAT



Bugungi kunda har bir soha rivojiga yangi zamonaviy texnologiyalar kirib kelayotganligi barchaga ma’lum. Mazkur vositalar o‘zining samaradorligi, natijadorligi va qo‘llash sohasining kengligi bilan ahamiyatlidir. Xususan, yoshlarni kibersportga saralash tizimida, boshlang‘ich tayorgarlik guruhlaridan tortib toki oliy sport mahorati guruhigacha bu kabi vositalarni maqsadli qo‘llash alohida ahamiyatli hisoblanadi. Ushbu loyiha shunisi bilan ham ahamiyatliki, bunda bir paytning o‘zida aqli tayyorgarlik va sport sohasi hamda metodikalarni o‘zaro uyg‘unlashtirish natijasida barcha yoshdagi kibersportchilarni kompleks tayyorgarligini oshirishga e’tibor qaratiladi.

- Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish

- Tarixiy manbalar asosida Sulton Jaloliddin Manguberdi siymosi hamda tashqi ko‘rinishining 3D modeli yaratiladi;

- tarixiy manbalarga tayangan holda Sulton Jaloliddin Manguberdining harbiy yurishlari, jang sahnalari, harbiy taktika hamda strategiyasining 3D modeli yaratiladi;

- tarixiy qahramonlar, jangchilarning hatti-harakatlari boshqarishda sun’iy intellekt agentlari uchun mashinali o‘qitish algoritmlari ishlab chiqiladi va takomillashtiriladi;

- Kibersport o‘yin uchun Sulton Jaloliddin Manguberdining “Parvona jangi” kabi mashhur jang sahnalari yaratiladi hamda tarixiy qiyofasi tiklanadi;

- o‘yinda sun’iy intellekt agentlar aniqliligini oshirish uchun o‘quv tanlamalarni tayyorlash algoritmlari ishlab chiqiladi.

- sportchilarning funksional, psixodiagnostika, biomexanik ish qobiliyatini diagnostika qilish va korreksiyalash hamda KibersportNI tadqiq etish tizimini yo‘lga qo‘yish




Asosiy sahifaga qaytish